• Baxtiyor Rahmonov - Eshikka suyanib jilmaygan ayol

    Baxtiyor Rahmonov

    Eshikka suyanib jilmaygan ayol

    Bu tor xona emas, balki bu osmon,
    Yulduzlarni gulday sochmoqda shamol.

    Yuragimga yetib keldingmi omon,
    Eshikka suyanib jilmaygan ayol? (x2)

    Mening dunyolarim qancha betartib,
    Sening dunyolaring shuncha sarishta!
    Bekasiz samoga bergani tartib
    Ortingdan kelmoqda qirq ming farishta.

    Pastda zulmat bo`shliq makon quribdi,
    Bu yerda hayot-u, u yoqda zavol.

    Ikki jahonimni suyab turibdi
    Eshikka suyanib jilmaygan ayol. (x2)

    Bu tor xona emas, balki bu osmon,
    Yulduzlar suvidan to`yingan xayol.
    Qushlar tumshug`ida titrab turar tong,
    Eshikka suyanib jilmayar ayol.

    Ruhimdan buloqlar chiqadi sizib,
    Nogoh eriyotgan osmon singari.
    Bir go`zal suratin turardi chizib,
    Iztirob ranglarin terib ko`zlari.

    Pastda zulmat bo`shliq makon quribdi,
    Bu yerda hayot-u, u yoqda zavol.

    Ikki jahonimni suyab turibdi
    Eshikka suyanib jilmaygan ayol. (x2)