• Bojalar guruhi va "Jo'jalar" - Komandirovka

    Bojalar guruhi

    Komandirovka

    [Jo`jalar]
    – Jahon, anu birinchi qatordagi qizlarni qaragin, zo`r-a?
    Chiroyli ekan-a?
    – Jinnimisan? U kelin bolaku!
    – Kelin bolami?
    – Ha voy. Kelin bola-de.
    – Huv anu 10-qatordagi qizni qara, qizil koftadagi.
    U ham zo`r ekan.
    – Mmm, u ham kelin bola! Ikkinchisi faqat.
    – U ham kelin bolami?!
    – Nima “сомневаться” qilyapsanmi?
    – Voy balkondagi kelin bolalarni ko`pligini…

    Ertalabdan uyqudan turaman,
    Jiringlaydi telefon, telefon.
    “Ну конечно” qornim ham ochgan,
    “Заказ” keldi – qaynatilgan makaron.

    Kun tartibim o`zgarmaydi,
    Har bir kunim bir xilda o`tar.
    Ertaga kun boshqacha bo`ladi,
    Hayotim o`zgarar.

    Ertadan, ertadan “командировка, командировка”,
    Yur men bilan, qora ko`zli janon,
    Sabzavot mahallaga sabzi terishga.
    Ertadan, ertadan “командировка, командировка”,
    Yur men bilan, qora ko`zli janon,
    Har kuni bo`ladi kechki “тусовка”.

    O`qishlardan charchadim – qutulay,
    “Учусь” Kambol, Istambul, Urugvay.
    Bitta o`zim zerikarli bo`lar,
    Bormi o`zi zamonaviy malikalar?

    Kun tartibim o`zgarmaydi,
    Har bir kunim bir xilda o`tar.
    Ertaga kun boshqacha bo`ladi,
    Hayotim o`zgarar.

    Ertadan, ertadan “командировка, командировка”,
    Yur men bilan, qora ko`zli janon,
    Sabzavot mahallaga sabzi terishga.
    Ertadan, ertadan “командировка, командировка”,
    Yur men bilan, qora ko`zli janon,
    Har kuni bo`ladi kechki “тусовка”.

    [Bojalar guruhi]
    Ertadan, ertadan “командировка, командировка”,
    Yur men bilan, qora ko`zli janona,
    Sabzavot mahallaga sabzi terishga. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.