• Ishqingizda devonaman,
    Atrofingizda parvonaman,
    Nahot sizga begonaman?
    Nargiz, mani na ayladingiz?

    Tunlarimda orom yo`qdur,
    Kiprigingiz misli o`qdur,
    Oshiqlaringiz buncha ko`pdur?
    Nargiz, mani na ayladingiz?

    Yuzi olma, qizil olma, deymu?
    Dardim olgin, Nargiz.
    Qo`llaring uzat qo`limga,
    Bag`rim tilma, Nargiz.
    Mashrab-u devonangman, Nargiz.

    Yurak pora, jigarim qon,
    Tanamda ham qolmadi jon.
    Bering birgina imkon,
    Nargiz, mani na ayladingiz?

    Yurmoqqa ham qolmadi kuch,
    Barcha orzular bo`ldi puch,
    Qaydan bo`ldim sizga man duch?
    Nargiz, mani na ayladingiz?

    Yuzi olma, qizil olma, deymu?
    Dardim olgin, Nargiz.
    Qo`llaring uzat qo`limga,
    Bag`rim tilma, Nargiz.
    Mashrab-u devonangman, Nargiz. (x1+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.