• Assalom, assalomu-alaykum,
    Har neki avvali shu lekin.
    Assalom, assalomu-alaykum,
    So`zlarning gavhari shu lekin.

    Hamma bo`ldi jam,
    Davra bo`ldi jam,
    Ko`ngil hotirjam,
    Shukur, shukur, shukur.

    G`urur-u or uchun,
    Chin vafodor uchun,
    Yoru-do`stlar yonimda bor uchun
    Shukur, shukur.

    Armonlar ketsin,
    Qayg`ular bitsin,
    Farzandlar kulgusiga
    Ayt, nima yetsin?

    Yurtimiz obod,
    Ko`rgan ko`zlar shod,
    O`gil qizlar shod,
    Oh, shukur, shukur, shukur.

    Assalom, assalomu-alaykum,
    Har neki avvali shu lekin.
    Assalom, assalomu-alaykum,
    So`zlarning gavhari shu lekin.

    Qaddimiz tog`, alamlar egmasin,
    Baxtimizga aslo ko`z tegmasin.
    Shukur, shukur, shukur,
    Shukur, shukur, shukur.

    Chaman-u bog` qarang har yonimiz,
    Kayfiyatni ko`taring, cho`kmasin.
    Fayzi bor har lahzamiz, shomu-sahar,
    Hayot o`tmoqda-ku shirin-shakar.

    Assalom, assalomu-alaykum,
    Har neki avvali shu lekin.
    Assalom, assalomu-alaykum,
    Assalom, assalomu-alaykum.

    Assalom, assalomu-alaykum,
    Har neki avvali shu lekin.
    Assalom, assalomu-alaykum,
    So`zlarning gavhari shu lekin.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.