Kel ey ishq, quy sharobingdan,
Xalos et bu xarobingdan.
To`ydim unsiz azobingdan,
Yorga eltar yo`llar bormikan? (x2)

Tunlari Oy mening sirdoshim,
Tinmas ko`zimdan oqqan yoshim.
Sinading bunchalar hayot bardoshim?
Yorga eltar yo`llar bormikan?

Qizg`onma ishq, visolingdan,
Diydoringdan, ruxsoringdan.
Ifor bergin gulzoringdan,
Yorga eltar yo`llar bormikan?

Arzongina jonim mening,
Kimga yolg`on zorim mening?
Qani o`sha dildorim mening?
Yorga eltar yo`llar bormikan?

Tunlari Oy mening sirdoshim,
Tinmas ko`zimdan oqqan yoshim.
Sinading bunchalar hayot bardoshim?
Yorga eltar yo`llar bormikan?

Kel ey ishq, quy sharobingdan,
Xalos et bu xarobingdan.
To`ydim unsiz azobingdan,
Yorga eltar yo`llar bormikan? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishq
Xonanda:
Sunnat Salayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2021