Yuragimga kirding-u, ammo
Bir umrga qololmading.
Sevdirding-u sevding-u, ammo
Baxtim bo`la ololmading.

Aldaganing, adashganing man,
To`yib ketdim yolg`onlaringdan.
Endi afsus seniki emas
Mening baxtu armonlarim ham.

Bevafo, bevafo, bevafo yor alvido,
Bunchalar, shunchalar tez bo`ldikmu biz judo.
Bu xato, bu xato, bu xatolar seniki,
Nega ayt, nega ayt bu jazolar meniki?

Senikimas bugundan boshlab
Maning shirin xayollarim,
Ketganim yo`q ko`zlarim yoshlab,
Na quvonib qololmading.

Sabr tilab o`zimga o`zim,
To`yib ketdim bu darddan o`zim.
Eshit endi bevafo yorim,
Senga aytar bu so`nggi so`zim.

Bevafo, bevafo, bevafo yor alvido,
Bunchalar, shunchalar tez bo`ldikmu biz judo.
Bu xato, bu xato, bu xatolar seniki,
Nega ayt, nega ayt bu jazolar meniki? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafo
Xonanda:
Davron Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016