Ozoda Nursaidova - Andijonlik bezori qo'shiq matni, lyrics

Ozoda Nursaidova

Andijonlik bezori

Sevgining manman degan-ey qaynog`iga uchradim,
Jonimga yoqib ketar-ey qiynog`iga uchradim. (x2)

O`zimni otash derdim, o`zimni bebosh derdim,
O`zimdan o`tib tushgan-ey bezoriga uchradim. {x2}

Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)

Qayda ko`rsa “jonim” deb, jonimga tegib ketdi,
Tegma desam, tortqilab, ro`molim olib ketdi.

Qizg`onadi kundan ham, qizg`onadi tundan ham,
Shu bolaning ozori-yey ko`nglimga yoqib ketdi. {x2}

Voy, tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)

Qanday balo yaralgan, haydasam ham ketmaydi,
Aldashda, erkalashda hech kim unga yetmaydi.

Nima qilsa qildi-yey, yuragimga kirdi-yey,
Bu turishda bu mani-yey boshqasiga bermaydi! (x2)

Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-yey shu bolaning ozori. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andijonlik bezori
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2018