Dilso'z - Otajon

Dilso'z

Otajon

Bag’ringizda avaylab, voyaga yetkazdingiz,
Oftob tushsa boshimga, soyaga yetkazdingiz, (x2)
Baxtim tilab tunlarni beorom o’tkazdingiz.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko’zingizga, otajon. (x2)

Dilimda aytolmagan izhorim dunyo-dunyo,
O’zga uyning yo’lida ko’z yoshim daryo-daryo, (x2)
Hali uzoq ketmayin sog’inarman men go’yo.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko’zingizga, otajon. (x2)

Turibman izlaringiz ko’zga surtguday bo’lib,
Peshonamni silaysiz, o’parsiz asta kulib, (x2)
Yuzimga termularsiz ko’ksingiz to’lib-to’lib.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko’zingizga, otajon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajon
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2015