Dunyolarga ishonmayman uni men,
Ranjitsalar og`riydi ko`nglim.
U baxtiyor bo`lsa – men baxtiyor,
Dunyoda eng go`zal, yagona singlim. (x2)

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.

Ko`ngli orzularga limmo-lim,
Akasin erkasi, ey guloyim.
O`z uyida bugun aziz mehmonim,
Dunyoda eng go`zal, yagona singlim. (x2)

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.

Ko`ngli oppoq qordek beg`uborim,
Ro`moli yarashgan, ey guloyim.
Kulsangchi, kul, manim erkatoyim,
Dunyoda eng go`zal, yagona singlim. (x2)

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.

Ko`ngli orzularga limmo-lim,
Akasin erkasi, ey guloyim.
O`z uyida bugun aziz mehmonim,
Dunyoda eng go`zal, yagona singlim. (x2)

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Singlim
Xonanda:
Sardor Toirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 6, 2019