• Kimgadir yurak berib topsang gar iloj,
    Kimgadir yurak berib topmassan iloj,
    Ammo men seni ko’p,
    Men seni hammadan ko’p sevdim.

    Nega hech bir qalbdan seni sevishim,
    Dunyolar kabi katta baxtim deyishim,
    Ammo sen buni hech,
    Sen buni hech bilmaysan, jonim.

    Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari,
    Qanday bo’lsang shunday sevaman seni.
    Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz,
    Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)

    Men bilan bir umr yonimda bo’lgin,
    Kunduzi nuring sochib, tunda oy kabi to’lgin,
    Lek sen meni ko’p,
    Sen meni hammadan ko’p sevgin.

    Harorat-la boqishing menga yetadi,
    Seni ko’rsam qalbim g’amni unutadi,
    Aytmasang ham sevdim deb,
    Aytmasang ham sevdim deb qalbim biladi.

    Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari,
    Qanday bo’lsang shunday sevaman seni.
    Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz,
    Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)

    O'xshash qo'shiqlar matnlari