• Ko`zlaringdan, yor,
    Meni sevishing bo`ldi, bo`ldi ayon.
    Go`zal holating bunga misol aylab,
    Go`yo qilar bayon.

    Sen bebahosan, gulim tanhosan,
    Bir umr izlagan sevgilim sensan.
    Sen beg`uborsan, sen menga keraksan,
    Bir umr izlagan sevgilim sensan.

    Bilgin, sen uchun, sen uchun,
    Kerak bo`lsa jonim fido sevgim uchun.
    Faqat hech shubhalanma,
    Meniki bo`lmasang, jonim, ado bo`laman.

    Sen uchun, sen uchun,
    Kerak bo`lsa jonim fido sevgim uchun.
    Faqat hech shubhalanma,
    Jonginam, meniki bo`lmasang, men ado bo`laman.

    Bora-bora sening ishqingda
    Har kuni yo`qolar halovat.
    Qalbimga bir bor nazar sol,
    Qolmadi-ku sabr-toqat. (x2)

    Sen bebahosan, gulim tanhosan,
    Bir umr izlagan sevgilim sensan.
    Sen beg`uborsan, sen menga keraksan,
    Bir umr izlagan sevgilim sensan.

    Bilgin, sen uchun, sen uchun,
    Kerak bo`lsa jonim fido sevgim uchun.
    Faqat hech shubhalanma,
    Meniki bo`lmasang, jonim, ado bo`laman.
    Sen uchun, sen uchun,
    Kerak bo`lsa jonim fido sevgim uchun.
    Faqat hech shubhalanma,
    Jonginam, meniki bo`lmasang, men ado bo`laman. (x1+x1)