Ziyoda - Yonimda qo'shiq matni, lyrics

Ziyoda

Yonimda

Aybing oshkor bo`ldi, yuragim qon,
Mayli dedim, bo`ldim man umidvor.
Savolim bor – arzimasmanmu, yor?
Bo`ldi azob, kutganim intizor.

Yuraging bor, yana bir bor degin “ishon”,
Bo`lmagin faqat suratlarda yonma-yon.
Yolg`izligimni menga ko`rmagin oson,
Yonimda bo`l, yuragimga berma ozor.

Sen yonimda, yonimda, bo`lgin yonimda,
Yuragimda yasharsan, butun xayolimda.
Birga bo`lgin har kunimda, har onimda,
Sen yonimda, yonimda, bo`lgin yonimda.

Xafa ko`ngil, og`riydi dil hamon,
So`zlaydi til, ajratardi yolg`on.
Ko`rib ko`zim ko`zgumda bir ahvol,
Yig`lar ko`zim, oralab sochlarimga oq.

Yuraging bor, yana bir bor degin “ishon”,
Bo`lmagin faqat suratlarda yonma-yon.
Yolg`izligimni menga ko`rmagin oson,
Yonimda bo`l, yuragimga berma ozor.

Sen yonimda, yonimda, bo`lgin yonimda,
Yuragimda yasharsan, butun xayolimda.
Birga bo`lgin har kunimda, har onimda,
Sen yonimda, yonimda, bo`lgin yonimda. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonimda
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2019