Zohirshoh Jo'rayev - Shunday yasha qo'shiq matni, lyrics

Zohirshoh Jo'raev

Shunday yasha

Shunday yashaginki, baland tog`ku tog`,
Ota-onangga ham yurma suyanib.
Shunday yashaginki, sani suymaslar
Suymagani uchun qolsin uyalib. (x2)

Shunday yashaginki, aytgan har so`zing
Umid bag`ishlasin noumidlarga.
Shunday yashaginki, san kabi ulom
Shirin orzu bo`lsin o`zga yurtlarga.

Shunday yashaginki, ajal yetgan chog`
Yuraging tubida kulmasin armon.
Shunday yashaginki, pokliging haqqi,
Yaratgan qaytadan baxsh aylasin jon.

Shunday yashaginki, umring na’muna
Ayla bashar uchun abadul abad.
Shunday yashamasang, tirikliging xayf,
Tiz cho`kib, O`zidan so`ragin shafqat.

Shunday yashaginki, tushlarga kir,
Qizlar tunday qaro ko`zlarin yumsa.
Shunday yashaginki, shunday yasha deb,
Aql o`rgatmasin senga hech kimsa.

Shunday yashaginki, shunday yasha deb,
Aql o`rgatmasin senga hech kimsa. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shunday yasha
Xonanda:
Zohirshoh Jo'raev
Muallif:
Zohid Olov
Bastakor:
Zohirshoh Jo'rayev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2021