Sizning dardingizda kuyayin dedim,
O`lgunimcha sizni suyayin dedim.
Yurakka ishqingiz o`yayin dedim,
Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ne-ne azoblarni ko`rmadi bu bosh,
Qay toshga o`zini urmadi bu bosh,
Bir bor ishq zavqini surmadi bu bosh,
Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ko`nglim yerda qoldi, osmon bo`ldingiz,
Bechora bir dilga armon bo`ldingiz.
Menku tamom bo`ldim, omon bo`ling siz,
Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Osmon yerga tushib, sinadi bizni,
Xiyonat bir yomon qiynadi bizni,
Sevgi azob bilan siyladi bizni,
Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ko`ksingizga boshim qo`yayin dedim,
Bir yig`lab, bir yig`lab to`yayin dedim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon
Xonanda:
Safiya Saftarova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2018