• Umrimning yo`llarida sen tomon yetolsam,
    Baxtimning qo`llaridan sen-la birga tutolsam,
    O`tmasam hijroningdan, ketmasam xayolingdan,
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi.

    Gah desang, qo`llaringga jonim bilan to`kilsam,
    Baxt bo`lib yuragingga o`zim kirib ulgursam,
    Man bo`lsam orzularing, quvonchu qayg`ularing,
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi.

    Yoningda yori, juftu halolingga aylansam,
    Hayotingda kunu tun xayolingga boylansam,
    Termulsam ko`zlaringga, mast bo`lsam so`zlaringga,
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi.

    Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
    Meningdek sevolsang qaniydi.
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
    Sog`indim, kelolsang qaniydi.

    Qalbimni tark etmas hech bahorimga aylansang,
    Bog`imda qizil olma, anorimga aylansang,
    Dardingga darmoning ham, bo`lsaydim bog`boning ham,
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi.

    Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
    Meningdek sevolsang qaniydi.
    Qaniydi, qaniydi, qaniydi,
    Sog`indim, kelolsang qaniydi. (x1+x1)