• Tiz cho`kib, bayrog`ing o`pib,
    Ko`zlarimga surtaman.
    Sendek bag`ri keng diyorni
    Ko`rmadim hech yurtda man. (x2)

    Qayga bormay sog`inarman,
    Quchog`ingga qaytaman.
    Va ta’rifing kuylab yana,
    Dunyolarga aytaman.

    Vatanim, senga fido bo`lsin
    Maning bu jonim,
    Vatanim, quchog`ingda
    Tug`ilganim – iqbolim, Vatanim.

    Bir zarrangning ta’rifini
    Keltirolmas ming satrim.
    Bolam, deya ardoqlading,
    Ortdi dunyoda qadrim.

    Elning dardi, yurtning dardi –
    Bu axir mening dardim,
    Deb yashashga o`rgatding sen,
    Toblab mehnatda sabrim.

    Vatanim, senga fido bo`lsin
    Maning bu jonim,
    Vatanim, quchog`ingda
    Tug`ilganim – iqbolim, Vatanim.

    Seni sevar har farzanding,
    Tog`u tosh, gulinggacha.
    Ming yillik azim chinoring,
    Sahroda quminggacha.

    Osmono`par minorlaring
    Va o`tov, uyinggacha.
    Senga loyiq farzand bo`lay,
    To so`nggi kunimgacha.

    Vatanim, senga fido bo`lsin
    Maning bu jonim,
    Vatanim, quchog`ingda
    Tug`ilganim – iqbolim, Vatanim. (x2)

    Hey Vatanim, hey Vatanim, ey Vatanim…