G'iyos Boytoev - Boychechagim

G'iyos Boytoyev

Boychechagim

Bahorlarda ochilgan boychechagim,
Bog`larimga sochilgan boychechagim, (x2)
Bu chiroyni, ayt gulim, qaydan olding,
Yuragimga muhabbat kuyin solding. (x2)

Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim. (x2)
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim. (x2)

Sochlaringni taraydi shamol, suyib,
Tovoningni o`padi qorlar, erib, (x2)
Oftob hayron boqqanda oy yuzingga,
Men turibman chorasiz kunday kuyib. (x2)

Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim. (x2)
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim. (x2)

Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boychechagim
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 3, 2015