G'iyos Boytoyev - Sho'x kulib

G'iyos Boytoyev

Sho’x kulib

Sho’x kulib, sho’x-sho’x kulib,
Gaplar ochsam qochasan.
Ayt, gulim, ayt-ayt gulim,
Qachon ko’ngling ochasan? (x2)

Xayolimdasan hamon,
Ozoring qo’ymas omon. (x2)
Aytolmayman ohimni, hey,
Ahvolim yomon-yomon. (x2)

Sho’x kulib, sho’x-sho’x kulib,
Gaplar ochsam qochasan.
Ayt, gulim, ayt-ayt gulim,
Qachon ko’ngling ochasan?

Qosh-ko’zingni o’ynatib,
Ko’zlarimni quvnatib, (x2)
Shaydo etding o’zingga,
Endi ketma yig’latib. (x2)

Sho’x kulib, sho’x-sho’x kulib,
Gaplar ochsam qochasan.
Ayt, gulim, ayt-ayt gulim,
Qachon ko’ngling ochasan?

Sen sochlari shalola,
Sevgim senga havola. (x2)
Bemor etding ishqingda,
Kel, dardimni davola. (x2)

Sho’x kulib, sho’x-sho’x kulib,
Gaplar ochsam qochasan.
Ayt, gulim, ayt-ayt gulim,
Qachon ko’ngling ochasan? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sho’x kulib
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016