G'ulomjon Yoqubov - Sozlaganman

G'ulomjon Yoqubov

Sozlaganman

Toza ko’nglim torini sof insonlarga sozlaganman, {x2}
Niyati pok ham dili oq vijdonlarga sozlaganman. {x2}

Xalq uchun bog’ yaratib, shod, halol mehnat zavqidan tot,
Mehnatidan dili obod bog’bonlarga sozlaganman. {x2}

So’zlaridan bahra tomar, hikmatidan nurlar yonar,
Oqilona elim deyar ummonlarga sozlaganman.

Fitna-ig’volardan nari, oqil, dono ulfatlari,
Vafo bog’in dilbarlari, shodonlarga bog’laganman. (x2)

El mehridan topgan kamol, non ushog’in qilmas uvol,
Davralarda shirin maqol shodonlarga sozlaganman.

Yaxshilikni hunar bilgan, kamtarlikni odat bilgan,
Savob ishga tez otilgan farzandlarga sozlaganman.

Otaxonlar duo qilgan, farzandlikni ado qilgan,
G’animlarni gado qilgan insonlarga sozlaganman. (x2)

Toza ko’nglim torini sof insonlarga sozlaganman,
Niyati pok ham dili oq vijdonlarga sozlaganman. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sozlaganman
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 25, 2015