Ufqlarga yetar yozsam qo`llarim,
Oliy maqsadlarga boshlar yo`llarim,
Saodatga to`liq o`ngu so`llarim,
Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Vatanim har kuni buyuk bir mazmun,
Munavvar kunlari o`tmoqda maftun, (x2)
Nega men bo`lmayin hayotdan mamnun,
Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Men Vatan farzandi, hijron va alam
Qalbimga bir nafas bo`lmas hamdam,
Nurli ko`zlarimda yaltiramas nam,
Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Shu Vatanga bordir maning keragim,
Yurt ishqida yonar, yonar yuragim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurt ishqi
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 2, 2015