Yo`lagingda bordur manim bosgan izim,
Bitta sadarayhoningman, ota uyim.
Bir paytlari mezbon edim senda o`zim,
Endi esa mehmoningman, ota uyim. {x2}

Qizlik davrim – uchib ketgan oqqush ekan,
Ko`zim yumib ochsam, go`yo bir tush ekan,
Sen-la o`tgan fursatlarim eng xush ekan,
Qaldirg`ochday giryoningman, ota uyim,
Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Sen otamning mehri oqqan qo`rg`onimsan,
Sen onamning bag`riday xush oshyonimsan,
Mening umrimdagi eng zo`r davronimsan,
Sen-la o`sgan jayroningman, ota uyim,
Endi senga mehmoningman, ota uyim.

Endi senga mehmoningman, ota uyim… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota uyim
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 18, 2017