Hosila Rahimova - Cho'pon ota

Hosila Rahimova

Cho’pon ota

Cho`ponni ota dedim-a,
Kelini bo`lay dedim-a, (x2)
Alpomishday uliga
O`zim yor bo`lay dedim-a. (x2)
Ota-ota dedim-a,
Cho`ponni ota dedim-a.

Sochim supurgi dedim-a,
Qo`lim kosov dedim-a, (x2)
Yaylov to`la qo`yingni
O`zim boqayin dedim-a. (x2)
Ota-ota dedim-a,
Cho`ponni ota dedim-a.

Tov boshida qor bormi,
Menday suluv yor bormi? (x2)
Cho`ponga kelin bo`lsam,
Bundan ortiq baxt bormi? (x2)
Ota-ota dedim-a,
Cho`ponni ota dedim-a.

Alpomishday yorim bor, yorim bor,
Yaylov to`la molim bor, molim bor. (x2)
Baxti kulgan zamonda ko`z tegmasin otajon,
Shunday go`zal yurtim bor, yurtim bor.

Cho`ponni ota dedim-a,
Kelini bo`lay dedim-a, (x2)
Alpomishday uliga
O`zim yor bo`lay dedim-a. (x2)

Cho`ponni ota dedim-a,
Kelini bo`lay dedim-a, (x2)
Alpomishday uliga-ya
O`zim yor bo`lay dedim-a. (x2)
Ota-ota dedim-a,
Cho`ponni ota dedim-a.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Cho’pon ota
Xonanda:
Hosila Rahimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 14, 2016