O`yna, janon, barq urib, nozlana-nozlana,
Ko`z qamashtir charx urib, nozlana-nozlana.
Qirq kokil soch cho`lg`ansin xipcha belingga,
Sho`x to`lg`anib, sho`x kulib, nozlana.

G`amzalaring sehriga davralar mahliyo,
Jo`sh ur, yurt shavqin ko`rib, nozlana.

Kuy avjlansin, quyunday o`rlanib ko`kka,
Xush ochildi barq urib, nozlana-nozlana.
Baxting namoyish aylab hamda jilvalanib shod,
Dilni zavqqa to`ldirib, nozlana.

Ko`z tegmasin, yashnabsan, raqs ayla gir-gir,
Bejo dildan yuz burib, nozlana. (x1+x1)

O`yna, janon, barq urib, nozlana-nozlana… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozlana
Xonanda:
Husniddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2015