[Lola Yuldasheva]
Shijoat chaqnar sening ko`zingda,
Tuganmas ishonch bu yuragingda.
O`zingga ishon, bu senga imkon,
Isming porlasin tarixingda.

[Benom guruhi]
Yagona yo`l, yagona manzil,
Yoki hech qachon yoki hozir!
Qo`rquvingni yut, sen bilan bu yurt,
Qo`llaringni tut.

[Lola Yuldasheva va Benom guruhi]
Kel birlashaylik, bir bo`laylik,
Sen bir o`zingmassan.
Sen o`zingga ishon, intil har on,
To`siq ko`rmasdan.

Barchasi qo`lingda, kuch bilagingda,
Sening borligingda.
Biz sen bilan, sen – biz bilan
Bir oila, bir jamoa. {x2}
G`olibsan, olg`a qadam bos!

[Benom guruhi]
Kurashda hech kimdan kam joying yo`q,
Bayrog`imiz ko`targin balandroq.
Sen yurtning faxrisan, buyuk yurt farzandisan,
Kelajak avlod izingdan yursin.

[Lola Yuldasheva]
Sen dovyurak, yengilmas jangchi,
Sening ortingda xalq ishonchi.
Qanotingni yoz, aylagin parvoz,
Qo`llaringni cho`z.

[Lola Yuldasheva va Benom guruhi]
Kel birlashaylik, bir bo`laylik,
Sen bir o`zingmassan.
Sen o`zingga ishon, intil har on,
To`siq ko`rmasdan.

Barchasi qo`lingda, kuch bilagingda,
Sening borligingda.
Biz sen bilan, sen – biz bilan
Bir oila, bir jamoa. {x2}
G`olibsan, olg`a qadam bos!

Ortga nazar sol, bosilgan bu yo`l,
Sen allaqachon g`olib bo`lgansan.
Faqat chekinmay, kurashgin tinmay,
Temuriylarning avlodi sensan.

Jamoa, jamoa… Oila, oila…
Jamoa, jamoa…

Bir oila, bir jamoa. {x4}
G`olibsan, olg`a qadam bos!

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir jamoa
Xonanda:
Lola, Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 21, 2018