Nasiba Abdullayeva - Sog'inaman bahoringni qo'shiq matni, lyrics

Nasiba Abdullaeva

Sog’inaman bahoringni

Umidlarim qush bo`ldilar,
Orzularim tush bo`ldilar.
Sel bo`lib bag`ringda,
Sendan izlayman najot,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot.

Ko`nglim lola kabi titrab, og`rindi,
Bilmam, qaydan yana unga do`g indi.
Dil sening mehringni juda sog`indi,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot.

Sog`inaman bahoringni,
Qizg`onaman iforingni.
Yuragim qa’rida titrar o`tli bayot,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot. (x2)

Qayda qoldi ishonchlarim,
Qayda qoldi quvonchlarim?
Odamzorda odamga zor kezaman nahot,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot.

Ko`nglim lola kabi titrab, og`rindi,
Bilmam, qaydan yana unga do`g indi.
Dil sening mehringni juda sog`indi,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot.

Sog`inaman bahoringni,
Qizg`onaman iforingni.
Yuragim qa’rida titrar o`tli bayot,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot. (x2)

Sog`inaman bahoringni,
Qizg`onaman iforingni.
Odamzorda odamga zor kezaman nahot,
Bir tabassum ayla menga, jonim hayot.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inaman bahoringni
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018