• Bersam ovoz, nidolarim
    Yor-yor sa’si bosib ketdi.
    Oh yuragim, shum ayriliq
    Yer bag`riga ko`mib ketdi. (x2)

    Nega degan savollardan
    Yurak-bag`rim erib bitdi.
    Seni gulim, o`zga dillar
    Bo`stonimdan yulib ketdi. (x2)

    Yor-yor aytmang, jon yangalar,
    Yor-yor aytmang, yor-yor. (x2)
    O`lan aytmang, jon yangalar,
    O`lan aytmang, yor-yor.
    Yor-yor aytmang, jon yangalar,
    Yor-yor aytmang, yor-yor.

    To`ying kuni bordim poylab,
    Baxting uying, ostonangga.
    Ming bir afsus o`qib, gulim,
    Sen bitmagan peshonamga.

    Bersam ovoz, nidolarim
    Yor-yor sa’si bosib ketdi.
    Oh yuragim, shum ayriliq
    Yer bag`riga ko`mib ketdi.

    Yor-yor aytmang, jon yangalar,
    Yurakkinam uzildi.
    Meni sevgan qaro ko`zlar
    Bugun kimlarga suzildi?

    Nega degan savollardan
    Yurak-bag`rim erib bitdi.
    Seni gulim, o`zga dillar
    Bo`stonimdan yulib ketdi.

    Yor-yor aytmang, jon yangalar,
    Yor-yor aytmang, yor-yor. (x2)
    O`lan aytmang, jon yangalar,
    O`lan aytmang, yor-yor.
    Yor-yor aytmang, jon yangalar,
    Yor-yor aytmang, yor-yor.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.