• Kaniza - Go'zal

    Kaniza

    Go`zal

    Kayfiyatim bugun a’lo,
    Go`zallikka qalbim shaydo.
    Kimgadir emas, o`zimga
    Bo`layin bugun men fido.

    Sochlarimga beray bezak,
    Silkitib tursin yelvizak.
    Shu kun eng chiroyligi ham
    Menchalik bo`lmasa kerak.

    Bugun bir bayram qilayin,
    O`zimga oro berayin.
    Shundoq ham chakki emasman,
    Yanada go`zal bo`layin.

    Bugun bir janon bo`layin,
    Qo`g`irchoqqa aylanayin.
    Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli,
    O`zimga yoqsam bo`lgani.

    Kayfiyatim bugun go`zal,
    Bir bo`lay dedim-da asal.
    Qadrimga yetmaganlarni
    Qilayin o`zimga kasal.

    Qomatimni quchib olsin
    Menga yarashgan ko`ylagim.
    Hilpirab, titratib tursin,
    Yanada chiroyim ochsin.

    Bugun bir bayram qilayin,
    O`zimga oro berayin.
    Shundoq ham chakki emasman,
    Yanada go`zal bo`layin.

    Bugun bir janon bo`layin,
    Qo`g`irchoqqa aylanayin.
    Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli,
    O`zimga yoqsam bo`lgani.

    G`iybatlari qurib ketsin,
    Mishmishlari uchib ketsin,
    Bugun men hammadan go`zal,
    Alamlari yonib ketsin.

    Bugun bir asal bo`layin,
    Qo`g`irchoqqa aylanayin.
    Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli,
    O`zimga yoqsam bo`lgani.

    Bugun men go`zalman juda.