Kaniza - O'ylamang

Kaniza

O’ylamang

O’ylamang menga oson deb,
O’ylamang sizdan o’zgan deb,
O’ylamang quvonchda yashab,
G’am-tashvish bilmas ekan deb.

O’ylamang qayg’udan ayro,
Yuragi rahm bilmas deb,
Kechalari charchoq bilmay,
Xotirjam uxlar ekan deb.

Hammadek-hammadek men ham,
Bir kulsam, bir yig’layman.
Hammadek-hammadek birdek
Yerda yurgan insonman.

Hammadek-hammadek men ham,
Goh yiqilib, turarman.
Hammadek-hammadek birdek
Oddiy bo’lgan insonman.

O’ylashar, mendek insonlar
Tashvishsiz yashar ekan deb.
O’ylashar, lekin bu xato,
Ko’ngilga olmas ekan deb.

O’ylamang, siz holim so’rang,
Qalbingda nima ekan deb.
Bir qatoringizda turgan,
Oddiy bo’lgan bir odamman.

Hammadek-hammadek men ham,
Bir kulsam, bir yig’layman.
Hammadek-hammadek birdek
Yerda yurgan insonman.

Hammadek-hammadek men ham,
Goh yiqilib, turarman.
Hammadek-hammadek birdek
Oddiy bo’lgan insonman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ylamang
Xonanda:
Kaniza
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 15, 2016