Bizlar qachon bo`ldik begona?
Boshqalar ko`zida ko`ngil yagona.
Mening qalbim har dam sizga devona,
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni. (x2)

Aslo o`ylamang, orqaga yo`l yo`q,
Sizga javob yo`qdir, ko`ngil bo`lsin to`q.
Lekin yurak og`rir, tegdi bitta o`q,

Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni. (x2)

Farzandlar ko`ziga qanday qarayman?
Endi men sizni kim deb atayman?
Mag`rur boshim egib, o`yga ketay man,

Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni. (x2)

Unga xo`b yoqasiz – davlatingiz bor,
Sizni xush ko`radi, savlatingiz bor.
Ammo bir kun sizni qilar xoru-zor,
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni.

Siz bilan boraman, o`tga-cho`qqa ham,
Bir burda nonni ko`raman baham.
Endi ketmayman deb ichasiz qasam,
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni. (x2)

Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni,
Begim, yig`ib oling, deydi xayolni.

Bizlar qachon bo`ldik begona?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Begim
Xonanda:
Hilola Hamidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 22, 2019