San Jay - Gulbadan qo'shiq matni, lyrics

SanJay

Gulbadan

Kuylarim yetgaymikan senga borib,
Tinglasa, ketgaymikan toshlar erib?
Suhbatingdan bahra olsam o`ltirib,
Na bo`lar, na bo`lar quchog`imga kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Quchog`imga kelsang, gulbadan?

Oy tiniq, oydinda-oydin oq yuzing,
Sharqiroq soydan ham sho`xroqdir so`zing.
Ko`zlarimga to`tiyo bosgan izing,
Na bo`lar, na bo`lar quchog`imga kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Quchog`imga kelsang, gulbadan?

Gulbadan, gul ham o`zing, noz ham o`zing,
Kuy-qo`shiq, ohang o`zing, so`z ham o`zing,
Tanda darmonim sansiz yo`qdek,
Na bo`lar, na bo`lar jondek kirib kelsang, gulbadan?
Gulbadan, gulbadan,
Jondek kirib kelsang, gulbadan?

O`-o`, gulbadan… E-hey, gulbadan…
O`-o`, gulbadan…
Jondek kirib kelsang, gulbadan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulbadan
Xonanda:
SanJay
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2019