Lobar Umarova - Shunga shunchami

Lobar Umarova

Shunga shunchami

Bosib qadamlarin,
Ey, asta alamlarin
Sochib kelar jahl bilan,
Dema go`zal yorim.

Voy man nima qildim?
Salgina gina qildim.
Qancha qizlardan sani, voy,
Qizg`onib, pana qildim.

Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg`izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?

Kuydurgi jononingman,
Ey, arazi yomoningman,
Rashk dilimni tirnasa, voy,
O`shanda tamomingman.

Ey, ichgin deysan qasam,
Voy nega ichaman qasam?
O`zing xafa bo`lmasmiding
Man qaramay qo`ysam?

Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg`izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?

Hazil bo`ldimu, ko`ngling to`ldimu? {x2}
Taqdirku bu, yorim, man sani devdimu. {x2}

Hey, yorim mani,
Voy-voy, yolg`izim mani.
Hey, yorim mani,
Voy, voy, voy, shunga shunchami?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shunga shunchami
Xonanda:
Lobar Umarova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2016