Lola Ahmedova - Yolg'izginam

Lola Ahmedova

Yolg’izginam

Bu ne kundir, sizni ko’rib ko’rolmayman?
O’ynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan so’rolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolg’izginam? {x2}

Keng dunyoga sig’may qolgan tor ko’nglimiz,
Netaylikkim, ishqimizda bor ko’nglimiz?
Ikki yo’lda sargardonu xor ko’nglimiz,
Sizni sevib adashdimmi, yolg’izginam? {x2}

Ich-etimni kemirmoqda g’amgin o’ylar,
Ayting jonim, qachon bizni taqdir siylar?
Marg’ilondan xafa bo’ldi oyu yillar,
Sizni sevib adashdimmi, yolg’izginam? {x2}

Ayro yo’llar kutar bizni bekatlarda,
Sof mehringiz qoldi shirin suhbatlarda.
Topib oling endi meni jannatlarda,
Sizni sevib adashdimmi, yolg’izginam? {x2}

Bu ne kundir, sizni ko’rib ko’rolmayman?
O’ynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan so’rolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolg’izginam? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’izginam
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2015