• Lola Yuldasheva - Romeo va Julietta

    Lola

    Romeo va Julietta

    Seni taniyolmadim, hayot sen o’zingmisan?
    Adovatning oldida shunchalar ojizmisan?
    Sen ato etgan tuyg’u, beozor bu muhabbat,
    Qadrsiz, himoyasiz, yonar adovat sabab.

    Senga achinaman, nohaqsan adovat,
    Hech qachon o’lmagan chin muhabbat.
    Sevgi bu dushman deb ajratib o’tirmas,
    Aslo taslim bo’lmas chin muhabbat.

    Har qandayin adovat, qancha yovuz bo’lmasin,
    Egolmaydi sevgini, bukolmaydi sevgini.
    Hayot bergan muhabbat, go’yo tanadagi jon,
    Jon uzilgan tanada, qanday yashaydi inson?

    Senga achinaman, nohaqsan adovat,
    Hech qachon o’lmagan chin muhabbat.
    Sevgi bu dushman deb ajratib o’tirmas,
    Aslo taslim bo’lmas chin muhabbat. (x2)