Nilufar Usmonova - Sog'inmayman qo'shiq matni, lyrics

Nilufar Usmonova

Sog’inmayman

Yuragimni eskin-eskin yomg`irlarda yuvgayman,
Kiprigimni shablamlarning sharbatiga chayganman.
Xazonrezgi bog`larida yurmagayman mahzuna,
O`z-o`zimga baxtiyor, so`zlagayman afsona.

Sog`inmayman, og`rimayman,
Yo`q, endi hech sevmayman.
Yuragimni qor suvining
Muzlarida yuvgayman. (x2)

Qo`llarimni uzataman osmon tomon, oy tomon,
G`amlarimni kuzataman borsa-kelmas yo`l tomon.
Sog`inchimning ortidan-o yorug` diydorlar bo`lsin,
Hijronlarning ketidan-a oppoq orzular bo`lsin.

Sog`inmayman, og`rimayman,
Yo`q, endi hech sevmayman.
Yuragimni qor suvining
Muzlarida yuvgayman. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inmayman
Xonanda:
Nilufar Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2018