• Zavol nima bilmaydi,
    Quyun sellar yulmaydi,
    Egasi bor bodomlar
    Bu dunyoda so`lmaydi.

    Goh qora, goh oq inson,
    Ezgulik qil, oh, inson,
    Riyosi bor raqamlar
    Bu dunyoda unmaydi.

    Imkoning osmon qadar,
    Iymondan bergin xabar,
    Safosi bor qalamlar
    Bu dunyoda sinmaydi.

    Dilda ko`pdir firog`ing,
    Yoniq qolar chirog`ing,
    Farzandi bor odamlar
    Bu dunyoda o`lmaydi.

    O`qimagin bo`z bola,
    O`zga xayol tuz bola,
    Vafosi bor sanamlar
    Bu dunyoda bo`lmaydi.