• Mango guruhi (Hamdam) - Onam qani (Xotira) qo'shiq matni, lyrics

    Mango guruhi

    Onam qani (Xotira)

    Onam desam, ko`zimda yosh aylanar,
    Alam bilan bo`g`zimga tosh boylanar.
    Yomg`ir bo`lib, kuylamoqqa shaylanar,
    Onam qani, yupatuvchi onam qani?

    Ko`hna dunyo, seni ona tug`madimi?
    Onasizlik bo`g`zingdan yo bo`g`madimi?
    Keng bag`ringga bitta onam sig`madimi?
    Onam qani, yupatuvchi onam qani?

    Yolg`onchi dunyo ekan, onam,
    Yaxshilarga joy yo`q, onam,
    O`rningiz jannatlarda, onam,
    Mehribonim onam, onam.

    Yolg`onchi dunyo ekan, onam,
    Sizni juda sog`indim, onam,
    Yo`qligingiz menga qilar alam,
    Beozorim onam, onam.

    Tushlarimga bir borgina kiring, ona,
    Uyga qachon kelasan deb urushing, ona.
    Sizsiz endi keng bu dunyo – zulmatxona,
    Dunyolarim yorituvchi onam qani?

    Yolg`onchi dunyo ekan, onam,
    Yaxshilarga joy yo`q, onam,
    O`rningiz jannatlarda, onam,
    Mehribonim onam, onam.

    Yolg`onchi dunyo ekan, onam,
    Sizni juda sog`indim, onam,
    Yo`qligingiz menga qilar alam,
    Beozorim onam, onam.

    Onam desam, ko`zimda yosh aylanar,
    Alam bilan bo`g`zimga tosh boylanar.
    Yomg`ir bo`lib, kuylamoqqa shaylanar,
    Onam qani, yupatuvchi onam qani?

    Onam qani, yupatuvchi onam qani?

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.