Botir Qodirov – Shahnozam qo'shiq matni, lyrics

Botir Qodirov

Shahnozam

Hayotimga mazmun olib keldingku, gulim,
Har ko’rganda yayrab ketar oh mani dilim.
Chiroyingdan aylanmay qolar yana tilim,
Go’zalim, mening oy yuzligim Shahnozam-ey.

Dardlarim ham faqat senla davo toparmu?
Shirin so’zing tinglamasam, ado bo’larmu?
Seni ko’rsam yarim ko’nglim tezda to’larmu?
Go’zal sabrligim, mening Shahnozam-ey.

Go’zallikda tengi yo’g’im Shahnozaxon, Shahnozam,
Qo’llaringda baxtim mening Shahnozam, Shahnozam.
Baxtimizning osmonida senla etay parvozim,
Dardlaringni olay o’zim, shahajonim Shahnozam. (x2)

Ko’zlarimning quvonchisan o’zing, sevgilim,
G’amdan ko’zing yoshlanmasin – og’riydi dilim.
Tenging yo’qdir bilsang agar, seniki ko’nglim,
Go’zalim, mening oy yuzligim Shahnozam-ey.

Ko’zlaringda yashiringan mani dunyoyim,
Doim baxtli ko’ray deyman, yuzi guloyim.
Seni menga ato etgan O’zi Xudoyim,
Go’zal sabrligim, mening Shahnozam-ey.

Go’zallikda tengi yo’g’im Shahnozaxon, Shahnozam,
Qo’llaringda baxtim mening Shahnozam, Shahnozam.
Baxtimizning osmonida senla etay parvozim,
Dardlaringni olay o’zim, shahajonim Shahnozam. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shahnozam
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Shaxboz Nosirjonov
Bastakor:
Shaxboz Nosirjonov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 7, 2021