Malagim, zebuzarim,
Bizga ishq ehsonlimi?
Xorazmlik dilbarim,
Omonmisiz, janlimi? (x2)

Izlab Xorazm yerin,
Go`rdim go`zallar barin.
Shevangiz buncha shirin,
Janlimi, hay janlimi? (x2)

Malagim, zebuzarim,
Bizga ishq ehsonlimi?
Xorazmlik dilbarim,
Omonmisiz, janlimi? (x2)

Bevafolik aylama,
O`zgasini saylama.
Barigal, noz aylama,
Janlimi, hay janlimi? (x2)

Oydek to`lin yuzingdan,
Kamon qosh-u ko`zingdan,
Og`a, degan so`zingdan,
Janlimi, hay janlimi?

Malagim, zebuzarim,
Bizga ishq ehsonlimi?
Xorazmlik dilbarim,
Omonmisiz, janlimi? (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Janlimi
Xonanda:
Abdulla Qurbonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 18, 2019