Manzura feat. Shoxrux - O'zingdan ko'r

Manzura, Shoxrux

O’zingdan ko’r

[Manzura]
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo`q.
O`ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga…

[Shoxrux]
Man o`zimni unutib oson yengildim,
Qora dengiz – sehrli ko`zlaringga.
Yuragim yorilmoqda
Ket desang ham, qol desang ham.

Bo`ldi, mana endi yetar qurbim,
Deyman, ammo talpinaman yoningga.
Holim og`irlashmoqda
Ket desang ham, qol desang ham.

[Manzura]
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo`q.
O`ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga, yor bo`lmay.

Yuragim ol, dilim, uning borin,
Qaroringsiz o`tmish, hozirim yo`q.
O`ylab holimni bil, yorim,
Soyasiz sahro bo`lib qolmay.

[Shoxrux]
Bir kun bormasam agar, kasal bo`laman,
Tomim ketar, “sog`indim, jonim”, deganing kam.
Ko`nglimni ol, go`zalim, shirin so`z bilan,
“Hammasi yaxshi bo`ladi”, de fursatidan.

Bo`larim bo`lar, ko`raman o`zimdan,
Hozir birgaman, ertaga yolg`iz.
Ayriliq peshonamga yozilgan bo`lsa,
Netasan, roziman.

[Manzura]
Yuragim ol, dilim, uning borin,
Tabassumingsiz ertangi kun yo`q.
O`ylab yonimga kel, yorim,
Xohlamayman boshqaga, yor bo`lmay.

Yuragim ol, dilim, uning borin,
Qaroringsiz o`tmish, hozirim yo`q.
O`ylab holimni bil, yorim,
Soyasiz sahro bo`lib qolmay.

[Shoxrux]
A, ou, Instagram o`chiq, Telegram jim,
Oboradi mani yo`llarim bu ketishda bir fojiaga.
Bilaman aniq, o`zim-zim, to`limalim-lim,
Yo`q bir tinim, tindim, bitdim,
Tanimaganimdami boshqacha bo`lardi umrim.

Joningga tegmadimi biri bor, biri yo`q,
Biri kam bo`lgan muhabbat, a?
Turgani-bitgani alam-u g`am, bo`laman man o`zimga hakam,
O`zing sev, o`zing qo`y va o`zingdan ko`r!

(Va o`zingdan ko`r… Va o`zingdan ko`r…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zingdan ko’r
Xonanda:
Manzura, Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016