Bir onda orzu so`narkan,
Bir onda iching to`larkan, (x2)
Faryod solib yiqilsang to`lib,
Dushmaning to`yib kularkan. (x2)

Sevma yurak…

Bu sevgi ko`zda yosh bilan eslab,
Ko`zda yosh bilan unutguvchi,
Bu sevgi tunlar bedor qilib,
Qalbing vayron etguvchi. (x2)

Alam qilar gohida sevganing bevafo bo`lsa,
Sevgi emas, boylik obro`ga mubtalo bo`lsa. (x2)
Qo`yningda yotib, senga bir begona bo`lsa,
Qo`y sevmagin, yuragim-ey, sevgi bizgamas,
Sevgi bizgamas!

Bu sevgi ko`zda yosh bilan eslab,
Ko`zda yosh bilan unutguvchi,
Bu sevgi tunlar bedor qilib,
Qalbing vayron etguvchi. (x2)

Endi kelma, sendan kechganman,
Alamlarim ichga yutganman.
Xayollardan, gumondan charchab,
Sevmayman deb qasam ichganman.

Bu sevgi ko`zda yosh bilan eslab,
Ko`zda yosh bilan unutguvchi,
Bu sevgi tunlar bedor qilib,
Qalbing vayron etguvchi.

Qalbing vayron etguvchi…
Sevma yurak…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevma yurak
Xonanda:
Mashhurbek Yuldashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 31, 2016