Bir o’zing aqlimni olgan,
Bir o’zing ko’nglimni olgan,
Qalbimda faqat bir o’zingsan.

Tasadduf deyolmayman-u,
Qalbimni yengolmayman-u,
Hayotda buning bir sababi bor.

Har kuni ko’rmasam seni,
So’zlaring eshitmasam seni,
Bilginki, men xastadirman.

Uchrashib hayot quraylik,
Uni bir sinab ko’raylik,
Balki-da taqdirimiz birdir.

Men boshqa o’ylasam ham ichimda,
Seni ko’rganimda yuzingni,
Qalbimning markazida sening,
Sening, sening joying bor.

Sen boshqa o’ylasang ham ichingda,
Meni ko’rganingda ko’zing-la,
Qalbingning markazida mening,
Mening, mening joyim bor.

Har kuni ko’rmasam seni,
So’zlaring eshitmasam seni,
Bilginki, men xastadirman.

Uchrashib hayot quraylik,
Uni bir sinab ko’raylik,
Balki-da taqdirimiz birdir.

Men boshqa o’ylasam ham ichimda,
Seni ko’rganimda yuzingni,
Qalbimning markazida sening,
Sening, sening joying bor.

Sen boshqa o’ylasang ham ichingda,
Meni ko’rganingda ko’zing-la,
Qalbingning markazida mening,
Mening, mening joyim bor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yodimda
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2015