"Munshidaat" guruhi (Muslima) - Sarvari olamni tushimda ko'rsam qo'shiq matni, lyrics

Munshidaat guruhi

Sarvari olamni tushimda ko’rsam

Asta boqsam, ko’zlarim ochib,
Qarshimda tursalar ziyo-nur sochib.
Qalbimdan shaytonning fitnasi qochib,
Sarvari olamni tushimdan ko’rsam.

Yig’lardim ko’zlarda shashqator yoshim,
Yetkazdi shu ulug’ kunga bardoshim.
Jannatda bo’lsalar edi safdoshim,
Sarvari olamni tushimda ko’rsam.

Shudir har kechadan ulug’roq kecha,
Payg’ambarim dunyoni ilk ko’rgan kecha.
Shu kunni intizor kutganlar necha,
Sarvari olamni tushimda ko’rsam.

Allohga shukrlar qilaman har dam,
Ul Zotni eslasam ko’zlarimda nam.
Har tunda tilayman Allohdan: Men ham
Sarvari olamni tushimdan ko’rsam.

O’zim ham misoli bir quyosh bo’lib,
Ahli ummatlarning safida turib.
Bir qadam bo’lsa ham yaqinroq yurib,
Sarvari olamni tushimda ko’rsam!
Qaniydi tushimda bo’lsa ham ko’rsam.

Yurakda bir armon qiynaydi hamon,
Ishoning, men sizni sog’indim yomon.
Ko’zlarim mushtoqdir Madina tomon,
Men sizni sog’indim, Yo Habibulloh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Doimo eslayman o’tirsam, tursam,
Siz ko’rgan ul diyor – Makkaga borsam.
Hech yo’qsa, bir bora qaniydi ko’rsam,
Ajalim kelmasdan yetkazsin Olloh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Ya Habibim, Ya Nabiyim,
Ya Muhammad Ya Rasululloh. (x2)

Bir bora ko’rsaydim, qolmasdi armon,
Siyratingiz menga bo’lgaydir darmon. (x2)
Bir bora bo’lsa ham ko’rishga zorman,
Men sizni sog’indim, Yo Habibulloh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Ya Habibim, Ya Nabiyim,
Ya Muhammad Ya Rasululloh. (x2)

Ummatim, ummatim, deya ketdingiz,
Ko’rmagan ummatni sevib o’tdingiz.
Birga bo’lgim kelar, deya aytdingiz,
Men o’sha siz aytgan ummatman, ey voh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Kavsarning bo’yida turarsiz kutib,
Men esa yuribman ko’z yoshim yutib.
In sha Allah borgum bir kuni yetib,
Menga ham suv bering, Yo Habibulloh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Men sizni ko’rmagan ummatingizman,
Shafoat izlagan ummatingizman.
Siz uchun yig’lagan ummatingizman,
Ko’zimning yoshiga Ollohim guvoh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Ya Habibim, Ya Nabiyim,
Ya Muhammad Ya Rasululloh. (x2)

Men sizni sog’indim, Yo Habibulloh,
Tushlarimga kiring, Yo Rosululloh.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sarvari olamni tushimda ko’rsam
Xonanda:
Munshidaat guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2021