Mavluda Asalxo'jayeva - Zor yuragingman

Mavluda Asalxo'jayeva

Zor yuragingman

Yurdim sen boshlagan sevgingning yo`lidan,
Joy bergin men uchun qalbingning to`ridan.
Qizg`onib oh seni, rashkim yomon meni,
Hiylagarim, yana ko`zlagansan neni?

Senda bu xayolim, kelsang yo`q savolim,
Kelishingni kutarman zor-zor.
Voy dod, ko`p alamim, shudir bor qarorim,
Faqat jonim, etma umidvor.

Zor yuragingman, o`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan.
Zor yuragingman-ey, o`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan-ey.

O`tarsan benazar, osmon boshing azal,
Tushunolmadim seni, rostingmi yo xazil?
Sog`inchim tog` qadar, qiynamay shu safar,
Kelsang bittaginam, dardlarim tarqalar.

Senda bu xayolim, kelsang yo`q savolim,
Kelishingni kutarman zor-zor.
Voy dod, ko`p alamim, shudir bor qarorim,
Faqat jonim, etma umidvor.

Zor yuragingman, o`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan.
Zor yuragingman-ey, o`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan-ey. (x1+x1)

O`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan.
Zor yuragingman-ey, o`zini unutgan,
Men keragingman, tunlari bedor kutgan-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zor yuragingman
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017