Munisa Rizaeva - Sekin-asta

Munisa Rizayeva

Sekin-asta

O’ylab ko’rdingmi men nega parishon,
Bilasanmu tunu-kun kimni o’ylayman?
Oyni izlab osmondan kechalari bedorman,
Bilasanmu yoki bilmaysan, jonginam?

Men seni humoringman,
Sen shirin ozorimsan,
Mayli kelib-kelib sekin-asta
Mani yorimga aylanasan.

O’yla-o’yla sekin-asta,
Sevgisiz mani yuragim xasta,
Nola-ohlarim dasta-dasta –
Qiynamasdan kela qol asta. (x2)

Kundan kun sog’inib tunlari bedor,
Sendan bir ishora kutaman,
Yaxshimanmi yomonman, bilmay o’zim hayronman,
Lekin aniq seni sevaman, jonginam.

Men seni humoringman,
Sen shirin ozorimsan,
Mayli kelib-kelib sekin-asta
Mani yorimga aylanasan.

O’yla-o’yla sekin-asta,
Sevgisiz mani yuragim xasta,
Nola-ohlarim dasta-dasta –
Qiynamasdan kela qol asta. (x4)

O’yla-o’yla sekin-asta…
O’yla-o’yla sekin-asta…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sekin-asta
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2013