• Qalbimning to`rida go`zal siyrating,
    Ko`zim gavharida surating turar,
    Bag`ringdagi otash shu harorating,
    Boladek erkalab, dilni yayratar.

    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

    Yiroqda musofir millatdoshimning
    Kuyuk nolasida ko`raman seni.
    Yo`limga boqqanda har yurtdoshimning
    Suyuk bolasida ko`raman seni.

    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

    Dilkash og`ushingda erkin yashasam,
    Men yana nimani kutayin sendan?
    Sen ham yuragimda mangu yashaysan,
    Suyanchim, sevinchim, azizim Vatan. {x2}

    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
    Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
    Sensiz etolmasman o`zni tasavvur. (x2)