Murod Manzur - Alloh tiriltir meni qo'shiq matni, lyrics

Murod Manzur

Alloh tiriltir meni

Tanam azobdaman, ming afsusdaman,
Qabrim tor, na bo`y bor, na bordir eni.
Yagona o`tinchim – so`rayman sendan,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Umrimni sovurdim yel-shamollarga,
Berildim besamar xom xayollarga,
Bugun javobim yo`q ko`p savollarga,
Robbim, bir lahzaga tiriltir mani.

Ko`zimni yaratding, lekin ko`rmadim,
Haq yo`lin eshitdim, biroq yurmadim,
Umrim bo`yi uxlab, nahor turmadim,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Bugun hayotimning chirog`i so`nmish,
Qop-qora qarg`alar qabrimga qo`nmish,
Tanamni ming turfa ilonlar tilmish,
Robbim, bir lahzaga tiriltir mani.

Oh, nega qilmadim bir bor ibodat?!
Nahotki, shunchalar bosibman g`aflat?!
Tanam qiynalmoqda, azobda faqat,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Taqvoni egnimga qilayin libos,
Barcha gunohlardan bo`layin xalos,
Yolvoraman, Olloh, sendan iltimos,
Robbim, bir lahzaga tiriltir mani.

Tanamni ko`ryapman – qop-qora ko`mir,
Badanim nimtalar qizigan temir,
Oh afsus, qaytsaydim, ber fursat umr,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Allohim, izn ber, qabrimni bo`yay,
Iymon lazzatini qalbimda tuyay,
Hech yo`q, bir bor boshim sajdaga qo`yay,
Robbim, bir lahzaga tiriltir mani.

O`lmaydiganlardek yurardim bardam,
Do`stlarim ko`p edi, suyanchim har dam,
Yordamim olganlar, beringlar yordam,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

O`zimniki gapga kirmas qo`llarim,
Nahot, sarob bosib o`tgan yo`llarim,
Yordam bermayapti topgan pullarim,
Robbim, bir lahzaga tiriltir mani.

Men yurgan yo`ldan siz qaytmagansizlar,
Ibodat qil, deb siz aytmagansizlar,
Yo siz buni atayin qilgansizlar?!
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Cho`kib borayapman qo`rquvdan terdan,
Ilon, chayon poylar qabrim har yerdan,
Boshim ko`tarmasdim bir lahza yerdan,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alloh tiriltir meni
Xonanda:
Murod Manzur
Muallif:
Yolqin To'ychiyev
Bastakor:
Ahliyor Azimov
Klipmeyker:
Mehriddin Rahmatov
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 23, 2021