Nargiz - Yalo-yalo

Nargiz

Yalo-yalo

Yalo-yalo-yalo, yalo demasman-o,
Atlas ko’ylak olib bermasa,
Yorim demasman-o. (x2)

Marg’ilonga borsam atlas
Olib kelaman deb va’da beruvdi,
Yorning iliq so’zlaridan
Unga ko’nglim birdan eruvdi. (x2)

Yalo-yalo-yalo, yalo demasman-o,
Atlas ko’ylak olib bermasa,
Yorim demasman-o. (x2)

Halinchakning arg’amchisi
Tebranar shamollarda,
Qo’sh halinchalak oldida
Yor nima xayollarda.

Salomim yetkazmasa,
Sabolardan arzim bor,
Yorga ohim yetmasa,
Navolardan arzim bor.

Yalo-yalo-yalo, yalo demasman-o,
Atlas ko’ylak olib bermasa,
Yorim demasman-o. (x2)

Ko’zlarin quvontiray,
Atlas kiyib egnimga,
Nozu ishvalar bilan
Oro beray ko’ngilga.

Chakkamga gullar taqdim,
Yorimga qiyo boqdim,
Ismi tilimda bo’ldi
Shirin-shakar oq qandim.

Yalo-yalo-yalo, yalo demasman-o,
Atlas ko’ylak olib bermasa,
Yorim demasman-o. (x4)

Yorim demasman-o…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yalo-yalo
Xonanda:
Nargiz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2015