Yuzlaringdan nur yog`iladi,
Sen kulganda dur yog`iladi,
Go`yo ko`kdan hur yog`iladi,
Hurlar ichra hurmisan, Ra’no?
Durlar ichra durmisan, Ra’no?

Seni ko`rib, o`zimdan tondim,
Ishq yo`q, degan so`zimdan tondim,
Yotga boqmas ko`zimdan tondim,
Suymaganlar na bilsin, Ra’no,
Kuymaganlar na bilsin, Ra’no?

Ra’no, Ra’no,
Suymaganlar na bilsin, Ra’no?
Ra’no, Ra’no,
Kuymaganlar na bilsin, Ra’no?

Kipriklaring hayo elaydi,
Izlaringdan ibo gullaydi,
Ko`ngil qurg`ur qayga imlaydi,
Bir o`t yonar jonimda, Ra’no,
Seni ko`rgan onimda, Ra’no.

Oshiqlarning yo`llari toshli,
Ko`pni ko`rdim ko`zlari yoshli,
O`ylamagin Mahmud bardoshli,
So`nggi jonim bo`g`zimda, Ra’no,
Aytar so`nggi so`zimda, Ra’no.

Ra’no, Ra’no,
So`nggi jonim bo`g`zimda, Ra’no.
Ra’no, Ra’no,
Aytar so`nggi so`zimda, Ra’no.

Ra’no, Ra’no,
Suymaganlar na bilsin, Ra’no?
Ra’no, Ra’no,
Kuymaganlar na bilsin Ra’no?

Hurlar ichra hurmisan, Ra’no?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ra’no
Xonanda:
Sherbek Shodiyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 30, 2018