• (So’zla, xon buyrug’ingga muntazir,
    Jonim, qorako’zim benazir.
    Bo’ladigani bo’lsin man asir,
    Xop, jonim, mani nozim.)

    Sahro bo’lsang – man soya,
    Man izlanish bo’lsam, sen g’oya,
    Dardimga sening o’zing kifoya.

    Jani, qani-qani,
    Men uchun atalgan atirguldasta qani?
    Jani, ya’ni-ya’ni,
    Ko’nglimga yoqari – shirin so’zlaring qani?

    Jani, qani-qani,
    Derazam oldida nola qilganing qani?
    Jani, ya’ni-ya’ni,
    Ko’p ishontir, axir rostmi sevganing mani?

    O’zim ham sensiz yashay olmas bo’ldim oxir,
    Chorlaganingni ko’zlayman men xozir–nozir.
    Ishqim osmon, suyganimdan ruhim suzmoqda,
    Aniq o’zingni debon bu yurak kuymoqda.

    Jani, qani-qani,
    Derazam oldida nola qilganing qani?
    Jani, ya’ni-ya’ni,
    Ko’p ishontir, axir rostmi sevganing mani?

    (So’zla, xon buyrug’ingga muntazir,
    Jonim, qorako’zim benazir.
    Bo’ladigani bo’lsin man asir,
    Xop, jonim, mani nozim.)

    Sahro bo’lsang – man soya,
    Man izlanish bo’lsam, sen g’oya,
    Dardimga sening o’zing kifoya.
    Jani, qani-qani?

    Jani, qani-qani,
    Derazam oldida nola qilganing qani?
    Jani, ya’ni-ya’ni,
    Ko’p ishontir, axir rostmi sevganing mani?