Nuriddin Xaydarov - Ayronchi qiz

Nuriddin Haydarov

Ayronchi qiz

Sotar edi yo’lda bir qiz ayrongina,
Taqib olib chakkasiga rayhongina. (x2)
Husnin ko’rib, bizning yurak hayrongina. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Ayronidan kosachaga quyib-quyib,
Menga tutdi qovoqlarin uyib-uyib. (x2)
Nahot qolar yurakkinam kuyib-kuyib? (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Qayga borsang, ortlaringdan qolmasman hech,
Yuraverib izlaringdan tolmasman hech.
O’zgalardan ayron endi olmasman hech. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

O’rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayronchi qiz
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2015